«One Million Uzbek Coders» loyihasi bir yoshga toʻldi!

Eng yaxshisi desertga qoldiriladi deyishadi.
Mana biz ham kunning eng quvonchli hodisasini tunga qoldirdik!

🎉 Doʻstlar, sizlar bilan oʻz quvonchimizni boʻlishmoqchimiz: bugun «One Million Uzbek Coders» loyihasi bir yoshga toʻldi!

✔️ Bir yil ichida ancha muncha narsa amalga oshirildi:
— 85 000 kishi roʻyxatdan oʻtdi;
— 22 000 talaba kurslarni muvaffaqiyatli yakunlab, Milestone 1 sertifikatiga ega boʻldi;
— 10 000 talaba kurslarni muvaffaqiyatli yakunlab, Milestone 2 sertifikatiga ega boʻldi;
— 2 200 dan ortiq maktablarning informatika fani oʻqituvchilari uchun vebinarlar oʻtkazildi;
— sovrin jamg‘armasi 6 ming AQSh dollari miqdoridagi tanlov tashkil qilindi va boshqa koʻplab narsalar amalga oshirildi.

Albatta, sizlarning koʻmaklaringizsiz bu natijalarga erisha olmas edik!

🌐 Siz ham loyiha ishtirokchisiga aylaning va «One Million Uzbek Coders» katta jamoasining bir qismi boʻling: uzbekcoders.uz

➡️ Loyiha va ushbu yildagi yutuqlar haqida ushbu havolaga oʻtib tanishishingiz mumkin: https://clck.ru/S46yQ