Online olimpiada

Eslatma!
🏢 Xalq ta’limi vazirligining Fan olimpiadalari bo’yicha iqtidorli o’quvchilar bilan ishlash departamenti o‘quvchilarni onlayn olimpiadalarda o’z bilimlarini sinab ko’rishlari uchun imkoniyat taqdim etadi!

🗓 Joriy yilning 5-dekabr kuni (shanba) Informatika va axborot texnologiyalari fanidan 10-11-sinf o’quvchilari o’rtasida ONLAYN OLIMPIADA o’tkaziladi. Olimpiada topshiriqlari 20 ta test savollaridan iborat bo’lib, bajarish uchun ishtirokchilarga 1 soat vaqt ajratiladi. ⌛️

📊Onlayn olimpiadadan so’ng barcha ishtirokchilar o’z natijalarini ko’rishlari va QR-kodli ishtirokchi sertifikatlarini yuklab olishlari mumkin bo’ladi.

Onlayn olimpiadalarda ishtirok etish uchun ro’yxatdan o’tish (https://oo.uzedu.uz/Account/SignIn) shart! Axborot tizimidan foydalanish bo’yicha ❓ko’p beriladigan savollarga (https://sites.google.com/view/olympiad-uzedu-uz-faq/uz?authuser=0) javoblar bilan tanishing.

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz oo.uzedu.uz
📲 👉@olimpdep